Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻliq, oilaviy baxt-saodat va masʼuliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda boʻlajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.