Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Shu jumladan:
– Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasining uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma;
– “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida bitim;
– Davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisida bitim;
– Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim;
– Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bayonnoma;
– Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
– Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xoʻjaligi obyektlari toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi qoʻshma harakatlar rejasi;
– Qirgʻiz Respublikasi Issiqkoʻl viloyati Ton tumanida joylashgan “Boʻston” pansionati toʻgʻrisida shartnoma;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.