Bu haqda Istanbul şahrida Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi raisi Abdulaziz Akqulovning Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bilan uçraşuvida maʼlum qilindi.
Muzokaralarda ikki mamlakat örtasidagi turistik aloqalarni yanada mustahkamlaş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş hamda yangi sayyohlik mahsulotlarini şakllantiriş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar muştarak tarix, til, madaniyat va qadriyatlar ikki xalqni birlaştirib turişini taʼkidlab, bu yaqinlikdan turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişda samarali foydalaniş muhimligini qayd etdi.
Şuningdek, Turkiyaning turistik hududlarni boşqariş, mehmonxona biznesi, madaniy merosni asraş va gastronomiya turizmini rivojlantiriş borasidagi tajribasini örganişga kelişib olindi.
Alohida eʼtibor ziyorat turizmi, islom sivilizatsiyasi merosi va MICE turizmi (işbilarmonlik uçraşuvlari, konferensiyalar va körgazmalar) böyiça qöşma loyihalarni amalga oşirişga qaratildi.
Bundan taşqari, ikki mamlakatning turistik imkoniyatlarini keng tarğib qiliş maqsadida özaro media va blogerlar safarlarini taşkil etiş, soha mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş ham rejalaştirilgan.
Uçraşuv yakunida 2026–2028-yillarga möljallangan Özbekiston va Turkiya örtasida turizm sohasida hamkorlik böyiça qöşma harakatlar rejasi imzolandi.
Hujjatda sayyohlar almaşinuvini kengaytiriş, ziyorat turizmini rivojlantiriş, qöşma turistik yönalişlarni şakllantiriş, xalqaro tadbirlarda birgalikda iştirok etiş, mutaxassislar malakasini oşiriş va Özbekiston hududlarining turistik salohiyatini rivojlantiriş kabi yönalişlar belgilangan.
Kelişuv ikki mamlakat örtasidagi turistik hamkorlikni yangi loyihalar bilan boyitiş va Turkiyadan Özbekistonga keluvçi sayyohlar sonini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.