Bu haqda Avstriyaning Vena şahrida bölib ötayotgan Global sifat forumi doirasida BMTning Sanoatni rivojlantiriş taşkiloti (UNIDO) tomonidan eʼlon qilingan 2026-yilgi indeks natijalarida maʼlum qilindi.
Mazkur indeks mamlakatlarda barqaror rivojlanişni taʼminlaşga xizmat qiluvçi sifat infratuzilmasining rivojlanganlik darajasini baholaydi. U metrologiya, standartlaştiriş, akkreditatsiya, muvofiqlikni baholaş hamda bozor nazorati kabi beşta asosiy yönalişni qamrab oladi.
Indeksning asosiy maqsadi xalqaro savdoni rivojlantiriş, sanoat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlaş, milliy işlab çiqaruvçilar raqobatbardoşligini oşiriş hamda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişga kömaklaşişdan iborat.
Özbekistonning uşbu reytingdagi körsatkiçlari sönggi yillarda izçil yaxşilanib bormoqda. Xususan, mamlakat 2022-yilda 130-örinni, 2024-yilda 95-örinni egallagan bölsa, 2026-yilda 67-öringa kötarildi. Şu tariqa, tört yil davomida reytingdagi mavqe 63 poğonaga yaxşilandi.
2026-yilgi indeksning kuçli öntaligidan Xitoy, Germaniya, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Ispaniya, Avstraliya va AQŞ joy oldi.
MDH davlatlari orasida Rossiya 18-örinni, Qozoğiston 61-örinni, Özbekiston 67-örinni, Moldova 68-örinni, Belarus 78-örinni, Ozarbayjon 92-örinni, Tojikiston 125-örinni, Armaniston 126-örinni va Qirğiziston 143-örinni egalladi.
Şu tariqa, Özbekiston MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Qozoğistondan keyin uçinçi natijani qayd etdi.
Uşbu körsatkiç mamlakatda sifat infratuzilmasini takomillaştiriş, xalqaro standartlarni joriy etiş, metrologiya va akkreditatsiya tizimlarini rivojlantiriş, mahsulotlar sifati hamda xavfsizligini taʼminlaş borasidagi islohotlarning xalqaro reytingdagi aksidir.