Qayd etilishicha, 2026 yilning birinchi choragida mamlakatda mehnat faoliyati bilan bog‘liq jami 198 ta baxtsiz hodisa yoz bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisalarning 9 tasi guruhiy, 139 tasi og‘ir oqibatli, 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.
Jami jabrlanganlar soni 223 nafarni tashkil etgan. Shundan 146 nafar — og‘ir jarohat olgan, 15 nafar — engil jarohatlangan, 62 nafar — vafot etgan.
Eng ko‘p baxtsiz hodisalar quyidagi hududlarda kuzatilgan:
- Toshkent shahri — 44 ta
- Surxondaryo viloyati — 36 ta
- Toshkent viloyati — 29 ta
- Navoiy — 18 ta
- Buxoro — 16 ta
- Andijon — 15 ta
- Samarqand va Sirdaryo — 13 tadan
- Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Qashqadaryo — 10 tadan
- Namangan — 7 ta
- Xorazm va Jizzax — 5 tadan
Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat (71 ta) va qurilish sohasida (54 ta) kuzatilgan.
Shuningdek, qolgan sohalarda:
- qishloq va suv xo‘jaligi — 9 ta
- savdo va xizmat — 8 ta
- transport — 8 ta
- ta’lim — 4 ta
- so‘liqni saqlash — 4 ta baxtsiz hodisalar qayd etilgan.
Raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, baxtsiz hodisalarning asosiy qismi sanoat va qurilish sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa mehnat xavfsizligi talablariga amal qilish, ish joylarida nazoratni kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.