Bu haqda qo‘mita axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murojaatlarning 59 tasi soliq auditi natijalari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning umumiy qiymati 294,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Yana 23 ta murojaat sayyor soliq tekshiruvlari yuzasidan kelib tushgan bo‘lib, ular bo‘yicha bahsli summa 80,7 milliard so‘mga teng bo‘lgan.

Qo‘mita bildirishiсha, o‘rganishlar davomida ayrim holatlarda soliq to‘lovchilarning vajlari inobatga olingan. Xususan, 0,6 milliard so‘mlik 4 ta murojaat bo‘yicha arizachilarning talabi qisman qanoatlantirilgan.

Shu bilan birga, 342,2 milliard so‘mlik 71 ta murojaat bo‘yicha soliq organlari qabul qilgan qarorlar o‘zgarmasdan qoldirilgan. Mazkur holatlar yuzasidan murojaatchilarga belgilangan tartibda huquqiy tushuntirish berilgan.

Hozirda esa umumiy qiymati 32,3 milliard so‘m bo‘lgan 7 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Mutaxassislar har bir holatni qonunchilik asosida tahlil qilib, tegishli xulosalar tayyorlamoqda.

Soliq qo‘mitasi qayd etishicha, soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti tadbirkorlik muhitini yaxshilash, davlat va biznes o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash hamda sudlardagi ortiqcha yuklamani kamaytirishga xizmat qilmoqda.