Prezidentimiz taʼkidlaganidek, 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, koʻchmas mulk obyektlari va yer maydonlarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan.
Turk kompaniyalari bilan Samarqand avtomobil zavodini xususiylashtirish, Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va Buxoroda yangi xalqaro aeroport qurish kabi yirik tashabbuslar boʻyicha hamkorlik olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari Turkiya banklari, investitsiya fondlari va sanoat kompaniyalarini ushbu jarayonlarda yanada faol ishtirok etishga chorladi.