Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida aholi jon boshiga YAIM hajmi 27 950,1 ming so‘mni tashkil etgan.
So‘nggi yillarda mazkur ko‘rsatkich izchil o‘sib bormoqda. Xususan, yanvar–iyun oyları yakunlari bo‘yicha aholi jon boshiga YAIM hajmi:
— 2022 yilda — 12 458,1 ming so‘m;
— 2023 yilda — 14 576,7 ming so‘m;
— 2024 yilda — 18 126,0 ming so‘m;
— 2025 yilda — 23 890,2 ming so‘m;
— 2026 yilda — 27 950,1 ming so‘mni tashkil etgan.
Shu tariqa, 2022 yilning yanvar–iyun oylaridagi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, 2026 yilning shu davrida aholi jon boshiga YAIM hajmi 2,2 barobardan ko‘proq oshgan.