Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 678,1 mln kVt⋅soatga yoki qariyb 40 foizga ko‘p.
Jumladan:
- quyosh elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 159,6 mln kVt⋅soat;
- shamol elektr stansiyalari tomonidan 1 mlrd 208,6 mln kVt⋅soat energiya ishlab chiqarilgan.
Natijada 631 mln kub metr tabiiy gaz tejaldi, atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olindi.
Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida quyosh va shamol stansiyalari 1 mlrd 690,1 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqargan edi.
Ma’lum qilinishicha, bu hajm o‘rtacha 3,9 mln xonadonning uch oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik elektr ehtiyojini qoplashga yetadi.