Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, import hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,9 million dollarga oshgan.
Ushbu davrda Oʻzbekistonga eng koʻp muzqaymoq mahsulotlarini Rossiya yetkazib bergan boʻlib, import hajmi 275,3 tonnani tashkil etgan. Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston — 139 tonna, Xitoy — 46,2 tonna, Belarus — 20,2 tonna va Fransiya — 17,6 tonna bilan qayd etilgan.
Shuningdek, boshqa davlatlar hissasiga 13,3 tonna muzqaymoq mahsulotlari toʻgʻri kelgan.