“Hududlar bor, shaharlar bor, shaharchalar bor, ularni u yoki bu aloqa liniyasi kesib o'tgan. Va agar ba'zi joylarda bu liniyalarni qoldirsangiz, siz shunchaki joy yoki shaharchalarni hayotsiz qoldirasiz. “Hech kim shaharning yarmiga qaytmaydi”, dedi Zelenskiy. Agar bu katta shaharlarda sodir bo'lsa, “bu Berlin bo'ladi” dedi u.
“Men Prezident Trampga ochiqchasiga aytdim: “Biz Berlinni xohlaymizmi, shunday shaharlar ko'p bo'lishini xohlaymizmi?”, qayd etdi Zelenskiy. Uning ta'kidlashicha, “Berlin devori Kiyev uchun variant emas”. Shu bilan birga, Ukraina Prezidenti hududlar masalasini mojaroni hal qilishdagi “eng murakkabi” deb atadi. “Biz Ukrainani bu masalalarda maksimal darajada himoya qilamiz. Lekin bu biz uchun juda qiyin bo'ladi”, dedi Ukraina yetakchisi. Shu bilan birga, uning so'zlariga ko'ra, Tramp Kiyev hech qachon bosib olingan hududlarni yuridik jihatdan Rossiyaniki deb tan olmasligini tushunadi.
Zelenskiy, shuningdek, Ukrainada o'z harbiy kontingentini joylashtirishga tayyor davlatlar borligini ta'kidladi. “Chegarada, xavfli joylarda, faqat dengizda yoki markaziy shaharlarda bo'lishga tayyor bo'lganlar bor. Biz umumiy qarashni ishlab chiqishimiz kerak, xaritada miqdoriy tarkibga ega aniq mamlakatlar ko'rsatilishi lozim”, deya tushuntirdi Ukraina Prezidenti.
Bundan tashqari, u Tramp bilan hozirda Rossiya nazorati ostida bo'lgan Zaporojye atom elektr stansiyasini AQShga topshirish imkoniyatini muhokama qilganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, Vashington stansiyani modernizatsiya qilishga sarmoya kiritib, uni texnik xodimlar bilan ta'minlasa, Kiyev bunday qadam tashlashga tayyor. Zelenskiyning Tramp bilan telefon suhbati 19-mart kuni – AQSh Prezidenti Donald Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatidan bir kun keyin bo'lib o'tgandi, deb xabar beradi moscowtimes.ru.