Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh va Yevropadan xavfsizlik kafolatlari evaziga NATOga a'zolik talablaridan voz kechishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda The Financial Times nashri xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, har qanday tinchlik rejasi imtiyozlarni o'z ichiga oladi, ammo Ukraina hali ham AQSh va Yevropadan xavfsizlik kafolatlarini talab qiladi, deb xabar berdi rbc.ru.
“Biz Ukraina va AQSh o'rtasidagi ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari, xususan, 5-moddaga o'xshash kafolatlar... shuningdek, Yevropa hamkorlarimiz va Kanada, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan biz uchun xavfsizlik kafolatlari haqida gapiryapmiz”, dedi Zelenskiy WhatsApp chatida jurnalistlarga.








