Ukraina Rossiyadan 12-maydan boshlab “toʻliq, uzoq muddatli va ishonchli” oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishini kutmoqda. Shunda Kiyev Moskva bilan muzokaralar uchun uchrashishga tayyor, — deb yozdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻzining Telegram kanalida.
Ruslar nihoyat urushni tugatish haqida oʻylayotgani yaxshi belgidir. Dunyodagi hamma buni uzoq vaqtdan beri kutmoqda. Va har qanday urushni haqiqatdan ham tugatishning birinchi qadami — bu oʻt ochishni toʻxtatishdir, dedi u.
Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Biroq Rossiya 30 kunlik sulhni boshlash uchun Gʻarb davlatlari Kiyevga qurol yetkazib berishni toʻxtatishi kerakligini aytmoqda. Aks holda, Ukraina bu davrdan safarbarlik, rotatsiya, yangi jangchilarni tayyorlash va mavjud kuchlarini tiklash uchun foydalanishini daʼvo qilgan.
AQSH prezidenti Donald Tramp esa Ukrainada Moskva bilan tinchlik muloqotini boshlashni talab qilgan.
Men Ukrainaning Putin bilan kelishuvga borishiga shubha qila boshladim. Putin esa Amerika Qoʻshma Shtatlari yordamisiz hech qachon gʻalaba qozonishi mumkin boʻlmagan Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabani nishonlash bilan ovora. Uchrashing, xoziroq, degan u.
Zelenskiyning Putin bilan uchrashish chaqirigʻi aynan mazkur bayonotdan soʻng yangragan. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon 11-may kuni Rossiya prezidenti bilan muloqotda muzokaralarni tashkillashtirishni qoʻllab-quvvatlagandi.