Uchrashuv yakunida zenitchilarga tantanali ravishda topshirilgan Rossiya kubogini futbolchilar qo'ldan qo'lga ulashishda erga tushirib yuborishdi. Oqibatda kubokning ust qismi lat edi.
Bevosita uchrashuv haqida aytadigan bo'lsak, “Zenit” uchun qimmatli bo'lgan yagona golni Artyom Deyuba 84 daqiqada “Ximki” darvozasiga jarimadan kiritdi.
2019-2020 yilgi Rossiya futbol mavsumida “Zenit” mamlakat prem`er ligasining g'olibi bo'lish bilan birga Rossiya kubogiga ham ega chiqdi. Xuddi shunday sharafga “Zenit” 2010 yilda ham musharraf bo'lgan edi.
Feruza RO'ZIEVA