Turkiyaning mudhish zilzila roʻy bergan hududlarida vatandoshlarimizni qidirib topish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar bermoqda.
“Bosh konsulxona tomonidan Gaziantep shahrida pul va hujjatlarsiz qolib ketgan yana bir fuqaroimizning Istanbulga yetib kelishi va Vatanimizga uchib ketishi tashkillashtirildi”, deyiladi xabarda.