Zilzila vaqtini bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas — FVV

    Dolzarb 23 Mart 2023 2048

    Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda zilzila sodir boʻlishi mumkinligi haqida soxta xabarlar tarqalmoqda.

    Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bunday yolgʻon xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.

    "Yana bir bor taʼkidlaymizki, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir boʻladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emas. Oʻzbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir boʻladi. Har doim shunday boʻlgan" deyiladi xabarda.