Zilzilabordosh bino va inshootlar yaratuvchi yosh olimlar Xitoyda amaliyot o‘tadi

    Fikr 10 Yanvar 2025 189

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 apreldagi “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda zilzilaga bardosh bera oladigan inshoatlarni qurishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Albatta, bu ishlarni bajarishda ilmiy yondashuv va malakali mutaxassislar zarur bo‘ladi. Seysmik xavfsizlikni ta'minlash hamda bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qurilish sohasida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar uchun nufuzli xorijiy oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga qisqa muddatli ilmiy amaliyotga yuborish bo‘yicha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tanlov e'lon qilinib, g‘oliblar Xitoy Xalq Respublikasining Chunsin hamda Shanxayda joylashgan, jahon nufuzli universitetlar reytingining 500 taliga kirivuchi ta'lim maskanida qisqa muddatli ilmiy amaliyotga yuboralgan edi. Ana shu amaliyotni o‘tash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti doktoranti Ruslan Kishanov ham nasb qildi.

    Hususan, amaliyotdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadqiqot olib borayotgan yosh olimlarning Seysmologiya, shuningdek, qurilish sohasida bino va inshootlarning zilzilabordoshligini yanada oshirish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi tajribasini o‘rganish edi.

    Bu yerda jahonga taniqli va ilmiy solahiyati yuqori bo‘lgan professor olimlar seysmologiya, bino va inshootlarning zilzilabordashlikni oshirish, fuqaro muhofazasi bo‘yicha hozirgi kunda dolzarb mavzular, muommalar va ularning ilmiy yechimlari bo‘yicha ma'ruzalar qilishgan. Bundan tashqari seysmologiya boshqarmasi qurilish va loyihalash kabi qator tashkilotlarning yetakchi mutaxassislari bilan o‘chrashuvlar tashkil qilinib, mutaxassislar tomonidan tayorlangan taqdimotlar namoyish etilgan.

    - O‘z ilmiy ishim bo‘yicha va yurtimizda seysmologiya sohasi, bino va inshootlarning zilzilabordashligi bo‘yicha erishilayotgan yutuq va yangiliklarim bo‘yicha ma'ruzalar qildim. Shuningdek, biz nafaqat yevro-osiyo balki boshqa qit'alardan kelgan yosh olimlar bilan xam tanishib ilm-fan yangiliklari bo‘yicha fikir mulohazalar almashdik, -deydi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti doktoranti Ruslan Kishanov.

    Minajatdin Qutlыmuratov,

    “Yangi O‘zbekiston” muxbiri.