Rasmiylar 2019-yil takrorlanishidan cho'chimoqda, o'shanda xuddi shu bog'da kuchli qurg'oqchilik tufayli 200 dan ortiq fil nobud bo'lgandi.
Afrikaning janubiy mamlakatida yog'ingarchilikning yetishmasligi va jazirama issiq bo'lishi bashorat qilinayotganligi sababli yana ko'plab fillar nobud bo'lishi mumkin. Zimbabveda yomg'irli mavsum odatdagidan bir necha hafta kech boshlandi, yoz quruq va issiq bo'lishi kutilmoqda. Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamg'armasi vaziyatni fillar va boshqa hayvonlar uchun inqiroz deb atadi. Tadqiqotlarga ko'ra, iqlim o'zgarishi El-Ninoni kuchaytirib, yanada ekstremal ta'sirlarga olib kelishi mumkin.
Olimlarning qayd etishicha, qurg'oqchilikdan eng ko'p yosh, keksa va kasal fillar aziyat chekadi, chunki ular suv izlab uzoq masofalarni bosib o'tolmaydi. O'rtacha kattalikdagi fil kuniga taxminan 200 litr suv ichadi. Bog'da hayvonlar uchun suv quyadigan quduqlar mavjud, uning hududidan katta daryolar oqib o'tmaydi.
Ayni paytda maydoni 14,5 kvadrat kilometr bo'lgan Xvangeda 45 mingga yaqin fil bor, deb xabar beradi mir24.tv.