Amaldagi qonunchilikka koʻra aliment toʻlash boʻyicha sud qarorini bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qatʼiy belgilangan.
Fuqaro O.A turmush oʻrtogʻi bilan ajrab ketgan va sudning qarori bilan voyaga yetmagan farzandi uchun har oyda ish haqi hamda topgan daromadidan aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va ijro harakatlari olib borilgan.
Biroq, olib borilgan ijro harakatlari, tushuntirishlarga qaramay qarzdor ota voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablagʻni qasddan toʻlamay keladi. Qarzdorlik salkam 15 mln. soʻmga borib yetadi. Byuroning tuman boʻlimi tomonidan qarzdor fuqaroning ijro ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudga yuborildi. Boʻlib oʻtgan sud davomida har ikki tomonlarning fikrlari eshitilib, yakuniy qaror qabul qilindi. Unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi belgilandi.
Tumanning Olmos qishlogʻida yashovchi H.A ga ham fuqarolik ishlari boʻyicha Chust tumanlararo sudining qarori bilan 2 nafar farzandi uchun har oyda aliment toʻlash qatʼiy belgilangan. Davlat ijrochisining tushuntirishlari, ogohlantirishiga qaramay 17 oydan beri aliment toʻlamay keladi. Boʻlib oʻtgan sudda unga nisbatan ham hukm chiqarilib, 15 sutkalik maʼmuriy qamoq chorasi qoʻllanildi.
Ulugʻbek Abdurahmonov,
MIB Chust tuman boʻlimi boshligʻi.