Zinadan chiqa oladigan to'rt “oyoqli” mototsikl ishlab chiqildi

    Japanese Mobility Show tadbirida Suzuki kompaniyasi MOQBA deb nomlangan yangi turdagi transport vositasi konsepsiyasini taqdim etdi.

    U deyarli robot bo'lib, harakatlanish va muvozanatni ta'minlash usulini mustaqil ravishda tanlaydi, “oyoq-qo'llari”ni shunga moslashtiradi.

    Mototsiklning oyoq-qo'llari tekis yuzada harakatlanish uchun g'ildiraklar bilan jihozlangan, ammo u notekis joylarda ham harakatlana oladi.

    MOQBAning maksimal tezligi soatiga 32 kilometr, akkumulyatori quvvatlantirilgach, 80 kilometr masofani bosib o'tish imkoniga ega. U faqat bitta odamni ko'tarishi mumkin. Mototsiklning afzalligi shundaki, odam uni boshqarishi shart emas, faqat yo'nalishni belgilash kifoya. Bu harakatlanishi cheklangan yoki jarohatlanganlarni tashish imkonini beradi.

    Mazkur ixtiro tibbiyot muassasalarida bemorlar, keksa odamlarni tashishda ayni muddao bo'lishi mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.