Tashrif davomida Birinchi xonim muassasada tashkil etilgan o‘quv novvoyxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ushbu maskanda o‘quvchilar amaliyot asosida nonvoylik kasbi sirlarini o‘zlashtirib, kelgusida mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Qayd etilgandek, bunday o‘quv-amaliy loyihalar imkoniyati cheklangan bolalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni jamiyatga integratsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, Birinchi xonim Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Bolalar ijodkorligi va iste’dodlarini rivojlantirish inklyuziv markazi tarbiyalanuvchilari bilan suhbatlashgan.
Suhbat jarayonida o‘quvchilardan biri Ziroat Mirziyoyevaga o‘zi yasagan taqinchoqni sovg‘a qilgan.
Shu bilan birga, Birinchi xonim ekofaollar bilan birgalikda “Arda Xiva” turizm majmuasida 3 mingdan ortiq daraxt va boshqa o‘simliklar ekish tadbirida ishtirok etgan.