Tashrif chogʻida mehmonlarga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koʻmagida bolalar onkologiyasi xizmatini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Xususan, bemorlarni yoʻnaltirishning raqamli tizimini joriy etish, hududiy infratuzilmani mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan Xalqaro akademik xab faoliyati natijalari taqdim etildi.
Shuningdek, tashrif doirasida «Mehrli maktab» gospital maktabi oʻquvchilari mehmonlarni samimiy qarshi oldi. Pedagoglar tomonidan uzoq muddat davolanayotgan bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va ularga taʼlim berish jarayonlari namoyish etildi.