«Ziyorat turizmi haftaligi» tadbirlari kechiktirildi

    Turizm 10 Aprel 2020 2976

    Turizm sohasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbir kechiktirildi.

    Turizm sohasi bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbir kechiktirildi.

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 12-16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Ziyorat turizmi haftaligi» dunyo bo‘ylab koronavirus (COVID-19) tarqalib borishi sababli kechiktirildi.

    Sog‘liqni saqlash vazirligida ta’kidlanishicha, bugungi kun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlanmagan.

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rasmiy saytida koronavirus bilan bog‘liq epidemik xavf jahon miqyosida jiddiy tus olayotgani bildirildi. Infeksiyaning mintaqalararo tarqalib borayotgani munosabati bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomonidan karantin va fuqarolarning harakatlanishi bo‘yicha cheklovlar joriy etildi.

    Shuningdek, infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida dunyo bo‘ylab yirik tadbirlar kechroq muddatga qoldirilmoqda. «Ziyorat turizmi haftaligi» o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lgan taqdirda, bu haqidagi ma'lumot uzbektourism.uz saytida taqdim etiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati