Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Nukus–Olmaota yo‘nalishida harakatlanayotgan “Yutong” rusumli yo‘lovchi avtobus haydovchisi boshqaruv vaqtida hushyorlikni yo‘qotgan.

Oqibatda transport vositasi yo‘lning ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismidagi yo‘lni ikkiga ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.