Zlatoustda ikkita tramvayning to'qnashib ketishi oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi

    Chelyabinsk viloyatining Zlatoust shahrida (Rossiya Federatsiyasi) ikkita tramvay to'qnashib ketdi, bir kishi halok bo'ldi, haydovchi va yetti nafar yo'lovchi jarohat oldi.

    Bu haqda viloyat yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati jurnalistlarga ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Zlatoust shahridagi Gagarin ko'chasida ikkita tramvay o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi, shundan so'ng ulardan biri oldinga qarab harakatlanib, bir ayolni urib yubordi, u tibbiy muassasada vafot etdi tramvay haydovchisi va yetti nafar yo'lovchi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

    Barcha jabrlanganlar katta yoshli fuqarolar bo'lib, tibbiy muassasaga yetkazildi. “Yo'l-transport hodisasi jamoat transporti bekatida sodir bo'ldi”, dedi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Chelyabinsk viloyati Zlatoust shahar okrugi bo'limi boshlig'i, politsiya podpolkovnigi Yevgeniy Yarushin.