Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish, Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish massalari koʻrib chiqilmoqda.
Zayniddin Nizomxoʻjayev - Markaziy saylov komissiyasi raisi:
—"Birgina Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining oʻzidan 211 nafar kuzatuvchini akkreditatsiya qilish soʻralmoqda.
Ayni paytda, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Parlamenti, Turkiy tilli davlatlarning Parlament Assambleyasi, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Osiyo Parlament Assambleyasi kabi qator xalqaro tashkilotlarning 74 nafar vakili Oʻzbekiston Prezidenti saylovini kuzatib borish istagini bildirgan.
Shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Italiya, Fransiya, Xitoy, Chexiya, Janubiy Koriya, Latviya, Polsha, Kanada, Yaponiya kabi oʻttiz davlatdan 126 nafar vakildan ham ana shunday murojaat tushgan.
Shu oʻrinda bir raqamga eʼtiboringizni qaratmoqchiman: Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzidan oʻttizga yaqin kuzatuvchisini akkreditatsiya qilish taklif etilmoqda. Bugun akkreditatsiya qilinadigan jami xalqaro kuzatuvchilar soni esa 411 nafarni tashkil etmoqda. "