Aeroport 30 oʻringa moʻljallangan yoʻlovchi terminaliga ega boʻlib, qurish uchun 60 gektar yer maydoni ajratilgan.

Obyektda jami 200 dan ziyod xodimlar va 110 ta texnikalar bilan ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, hozirda aeroport infratuzilmasi, muxandislik kommunikatsiyasi, uchish-qoʻnish, xarakatlanish yoʻlaklari va perronni loyihalash hamda qurilish, uchish va qoʻnishni taʼminlash boʻyicha radio va aeronavigatsiya uskunalarini xarid qilish, oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish ishlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Turizm sohasining eng muhim va eʼtibor talab etadigan muhim bir jihatlardan biri bu — transport infratuzilmasidir.

Hududga tashrif buyuruvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun transport infratuzilmasi qanchalik qulay va samarali boʻlishi ularning sayohat davomiyligini uzaytirishiga sabab boʻladi.

2022-yilning oktyabr oyidan boshlab Zominning Dashtobod shaharchasi temir yoʻl bekatiga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi toʻxtashi tashkil etilgan edi.