Zomin davlat qo'riqxonasi hududida bulduruq hodisasi kuzatildi

    Yashil sayyora 11 Dekabr 2022 2728

    Bu haqda Jizzax viloyati ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

    Bulduruq – nam sovuq havoda nozik va uzun jismlar (daraxt shoxlari, simlar) ustidagi kristalli yoki donador muz qoplamalari. Qalin tuman sabab ko'rinuvchanlik 50 metrgacha cheklanganida hamda harorat 0 darajadan past bo'lganda ro'y beradi.

    Namlikka o'ta to'yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari, simliklar va simyog'ochlarga yopishib qoladi. Yа'ni qirov atrofni qor kabi qoplab oladi.