Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, shu yilning 27-may kuni Jizzax viloyati Zomin tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida soy (sel yoʻllari)lardan yomgʻir suvlarining toʻplanib oqishi kuzatilgan.
Sel suvlari kelishi oqibatida “Duoba“ MFY, Qorongʻusoy qishlogʻi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qolgan.
Fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va chorva mollariga zarar yetmagan.
Shu oʻrinda Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi barcha fuqarolardan togʻ va togʻ oldi hududlarda harakatlanganda yoki dam olish uchun borilganda barcha xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etishlarini soʻraydi, — deyiladi xabarda.








