Mazkur holat Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan tezkor o‘rganildi va ushbu xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan ushbu holat aslida Rossiya Federatsiyasining Baykalorti o‘lkasida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi yurtdoshlarimizdan bu kabi noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yolg‘on xabarlar tarqatish javobgarlikka tortishga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.