Zominda kitob yarmarkasi

    Dolzarb 8 Fevral 2021 1004

    Koʻpchilik yoshlar kitob oʻqishni sevadi va informatsion texnologiyalar asrida ularni Internet orqali oʻqiydi yoki boshqa manbalardan foydalanadi.

    Yoshlarni kitob oʻqishga qiziqtirish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Har xil tanlovlar, aholini, ayniqsa yoshlarni ragʻbatlantirishlar tufayli ular kitob oʻqishga tobora faolroq yondashyapti.

    Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi ushbu yoʻnalishda savob ishni davom davom ettirdi. Toshkentdan yoʻlga chiqqan “Kitob karvoni” Jizzax viloyatining uzoq Zomin tumani Yoshlar ittifoqi faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi.

    “Kitob karvoni” tarkibi eng yaxshi badiiy asarlar bilan boyitilgan. Kelib tushgan ikki ming nusxadagi kitoblar Yoshlar ittifoqi tuman boʻlinmasi kutubxonasiga joylandi, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.