Zominda tibbiy qo'lqop ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi

    Biznes 13 May 2020 1014

    Bu haqda Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Zomin tumanidagi “Zominfarm” erkin iqtisodiy zonasi hududida loyiha qiymati 31 milliard 248 million so'm bo'lgan tibbiy qo'lqop ishlab chiqaruvchi korxonaning qurilish ishlari jaddal davom etmoqda.

    Ma'lumki, karantin sharoitda ko'plab ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish sub'ektlari faoliyatini vaqtincha to'xtatishga majbur bo'ldi. Ammo tibbiy-gigienik vositalarga bo'lgan talab keskin ortib ketishi natijasida ushbu soha vakillari ishi ikki barobar ortib ketdi.

    “Zominfarm” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi qurilish ishlari karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda olib borilmoqda. Loyiha tashabbuskori “Highland Pharm” MCHJ bo'lib, ikkinchi yarim yillikda ishga tushadigan korxonada 30 nafar yangi ish o'rni yaratiladi.