Sessiyada tuman hokimining oʻrinbosarlari, kun tartibidagi masalaga aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya ishida deputatlar tomonidan oʻn toʻrtta masala koʻrib chiqildi.
Xususan, “Shirin” va “Gʻallakor” qishloq fuqarolar yigʻinlarini boʻlish yoʻli bilan yangi tashkil qilinadigan mahalla fuqarolar yigʻinlariga nom berish hamda “Shirin” va “Gʻallakor” qishloq fuqarolar yigʻinlarini boʻlish yoʻli bilan yangidan mahalla fuqarolar yigʻinlarini tashkil etish boʻyicha tuman hokimining oʻrinbosari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatmlash tuman boʻlimi rahbari B.Jontursunovning maʼruzasi eshitildi.
Tuman hokimi oʻrinbosari B.Jontursunov boʻlinayotgan “Shirin” qishloq fuqarolar yigʻini nomi aslicha oʻzgarishsiz, yangidan tuzilgan mahallaga “Nihol” mahalla fuqarolar yigʻini nomi hamda faoliyat koʻrsatayotgan “Gʻallakor” qishloq fuqarolar yigʻini nomi aslicha oʻzgarishsiz, yangidan tuzilgan mahallaga “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻini nomi berish boʻyicha taklifi deputatlar tomonidan maʼqullandi.
Shuningdek sessiya davomida, Zomin tuman davlat sanitariya –epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasida shakllangan mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisida, Zomin tuman tibbiyot birlashmasiga mablagʻ ajratish toʻgʻrisida, tumanda qurilish-obodonlashtirish ishlarini uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida, tuman hokimligi Moliya boʻlimiga xizmat avtomashinasi sotib olish toʻgʻrisida, tumanda sport tadbirlarini oʻtkazish uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining oʻn toʻqqizinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Zomin tumani hokimligi Axborot xizmati