Zominga yana sel keldi

    Xavfsizlik 12 Iyun 2025 681

    Zomin tumanining bir qancha hududlarida sel hodisasi kuzatildi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 12-iyun kuni kuchli jala yomgʻir yogʻishi oqibatida Jizzax viloyatining Zomin tumanida bir qancha sel hodisalari kuzatildi.

    Maʼlumotlarga koʻra, sellar 14:30 larda “Kushtol“ MFY, “Navbahor“ MFY, Turkman qishlogʻi, “Nihol“ MFY Qizilsoy qishlogʻida, “Taraqqiyot“ MFY Hulkar qishlogʻida kuzatilgan.

    Sel suvlari kelishi oqibatida ayrim avtomobil yoʻllariga tosh va shagʻal tushish holatlari kuzatilgan va zudlik bilan FVDT xizmatlarining shaxsiy tarkibi va muxandislik texnikalari yordamida yoʻllar tozalanib, avtomobillar harakati davom etmoqda.

    Fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va chorva mollariga zarar yetmagan.

    Hozirgi vaqtda FVDT xizmatlarining 10 ta maxsus texnikalari va 38 nafar shaxsiy tarkibi tomonidan sodir boʻlgan sel oqimlari oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.