Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro N.N. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o'ziga tegishli bo'lgan bank kartasidagi jami 1.262.000 so'm pullar noma'lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bank kartasidagi pullarni o'g'irlagan shaxs Termiz tumanida yashovchi, 2001 y.t., D.J. ma'lum bo'ldi.

Surishtiruv ishlari davomida, D.J.  ushbu jinoyatni  N.N.ning bank kartasini "ZOOD-PAY" ilovasiga ulagan holda pullarini boshqarish huquqini qo'lga kiritib, mablag'larini "1xbet" onlayn tavakkalchilikka asoslangan o'yiniga tikib yutqazib yuborganligi aniqlandi.

Ushbu fuqaroga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.