баннер
22 Mar 2025
00:39

    Zoʻravon brakonyerga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

    Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon suv omborida noqonuniy baliq ovlayotgan brakonyer inspektorlar talabiga boʻysunmay oʻtkir tigʻli temir ilgak bilan hujum qilgan.

    Viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2024-yilning 14-dekabr kuni Samarqand viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari, viloyat IIB JXX JTSB PPX xodimlari hamkorligida “Kattaqoʻrgʻon“ suv omborida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

    Oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida “Kattaqoʻrgʻon“ suv omborida setkali toʻr yordamida noqonuniy tarzda baliq ovlayotgan brakonyer davlat inspektorlari talabiga boʻysunmay qoʻlidagi oʻtkir tigʻli temir ilgak bilan hujum qilib, turli qoʻpol soʻzlar bilan haqorat qilgan.

    Mazkur fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ashyoviy dalillar, ulardan olib qoʻyilgan.

    Hozirda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan JJtKning tegishli moddalariga muvofiq jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech