Zoʻravon qidirilmoqda — IIV Tezkor-qidiruv departamenti

    Xavfsizlik 4 May 2023 1866

    Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum kimsa boshqa bir shaxsni doʻpposlab, unga tan jarohati yetkazayotgani tasvirlangan videolavha tarqalgan edi.

    Mazkur video Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan oʻrganilmoqda.

    Taʼkidlanishicha, holat respublika hududidan tashqarida sodir etilganligi boʻyicha birlamchi tezkor maʼlumot olingan.

    "Hozirda departament xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikda videolavhada aks etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilayotgan boʻlib, ularning natijasi yuzasidan aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlash choralari koʻriladi", deyiladi IIV Tezkor-qidiruv departamenti xabarida.