Taʼkidlanishicha, joriy yilda limonchilik tarmogʻini yana-da rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz qarori qabul qilinib, Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil qilindi.
Viloyatda 136 gektar limonzorlar mavjud boʻlib, mazkur qaror bilan viloyatning 7 ta (Chiroqchi, Gʻuzor, Qamashi, Qarshi, Kitob, Shahrisabz va Yakkabogʻ) tumanlari limon yetishtirishga ixtisoslashtirildi va joriy yilda ushbu tumanlarda 201 gektar maydonda yangidan limonzorlar barpo qilinmoqda. Bundan tashqari, Mirishkor tumanida Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobiga 80 gektar maydonda limonzor tashkil etilmoqda.