A.Avazov 1986-yil Koson tumanida tugʻilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning “Lincoln University” magistraturasini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2012-yilda Birlashgan Arab Amirliklaridagi “SALESMAN” firmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Ravshanov Rinat Meyliyevich viloyat hokimligi yuridik xizmati bosh yuristkonsulti lavozimiga tayinlandi. U bungacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeliga qarashli vagon deposi huquqshunosi vazifasida ishlab kelgan.