Ushbu taʼsis etilgan eʼtirofning ilk sohibasi yaqinda Shahrisabz tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Abduraxmonova Feruzabanu boʻldi.
Maʼlumot oʻrnida, faxriy yorliq bilan xalqimiz farovonligini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirishda samarali mehnat qilayotgan fuqarolar, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, ijodiy jamoalar, harbiy boʻlinmalar, jurnalist va blogerlar taqdirlanadi.