Zulfiya mukofoti sovrindori Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi

    Bu haqda Oila va xotin qizlar qoʻmitasi xabar berdi.

    Jurnalist, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi matbuot kotibi Ayjamal Joldasbayeva-Janibekova 11-yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda uning yaqinlari ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirdi.

    Ayjamal Oʻzbekiston davlat jahon tillar universiteti hamda Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagan. 2014-yilda adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

    Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi jamoatchi, faol hamda tashabbuskor yosh olimaning bevaqt vafoti munosabati bilan yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.