Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

    Hujjatlar 6 Mart 2023 9010

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

    Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

    1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

    2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

    3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

    4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

    5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev


    Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

    R O‘ Y X A T I

    Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

    Samandarova Barno Tozaboy qizi - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

    Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

    Aminova Niginabonu Baxriddinovna - Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

    G‘ayratova Gulzoda San’at qizi - Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

    Anvarbekova Charos Anvarbek qizi - Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)

    Shokirova Samira Salohiddin qizi - Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Suyunova Madina Muhiddin qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi

    To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi - Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

    Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi - Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

    Raxmatova Dildora Ismat qizi - Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi

    Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi - Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi

    Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

    Xudoyorova Farangiz - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi

    Ergashova Baxora Sayfillo qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati)

    Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi - Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi

    Obidova Hilola Ilhomjon qizi - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Beton sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari

    Ilmatova Rinata Rinatovna - Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti

    Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Isomadinova Go‘zal Zaxriddin qizi - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

    Yo‘ldosheva Nargiza Daston qizi - Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

    Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi - Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi

    Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi - Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Yusupova Indira Rustamovna - Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi

    Abdullayeva Shirin Baxodirovna - Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

    Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi - Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi