Zulfiya poyiga gullar qoʻyildi

    Mamlakatimizda atoqli shoira Zulfiya tavalludining 106-yilligi keng nishonlanmoqda.

    Shu munosabat bilan bugun Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur anjumanda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari Hilola Umarova, Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari ishtirok etdi. Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi bilan boshlangan tadbir bu ikki yetuk ijodkorning muzey hamda ijod maktablariga sayohat bilan davom ettirildi.