Ayni paytda tuman (shahar) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, shuningdek, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhlari tomonidan “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning hujjatlarini saralash jarayonlari davom etmoqda.

Joriy yilning noyabr oyida hududiy saralash jarayonlari tashkil etiladi.

Ishchi guruhlariga Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati, asarlarining jamoatchilik tomonidan keng va oshkora muhokama qilinishini tashkil etish, ularning hujjatlarini jamoatchilik va mutaxassislar tomonidan xolisona baholanishiga erishish kabi masʼuliyatli vazifa yuklangan.

Hujjatlarni saralash jarayonida tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan talabgorlarning respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilgan fan olimpiadalari, tanlovlar, koʻrgazmalar, konferensiyalar va boshqa nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritganliklari eʼtiborga olinadi.