Jizzaxda mansabdor shaxs pora bilan qoʻlga tushdi

    Xavfsizlik 15 Aprel 2023 2014

    Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida masʼul lavozimda ishlagan mansabdor shaxs pora bilan qoʻlga tushdi.

    Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, kasb-hunarga oʻqitganlik toʻgʻrisidagi sertifikat tayyorlab berish evaziga pora talab qilinayotganini avvaldan maʼlum qiladi.

    Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida masʼul lavozimda ishlab kelgan Sh.Sh. kasbga oʻqitish boʻyicha sertifikat tayyorlab berish evaziga (IIBga ariza bilan murojaat qilgan) fuqarodan xizmatlari evaziga 400 AQSH dollari berishini talab qilgan.

    Viloyat IIB mutasaddi xodimlari bilan kelishilgan holda tezkor tadbir oʻtkazilib, Sh.Sh. Mirzachoʻl tumani kasb-hunar markaziga tegishli mutaxassislik sertifikatini soxtalashtirgan holda, 400 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlib, oldindan 1 million 100 ming soʻmini – 100 AQSH dollari hisobida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.

    Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.