14 yoshli Samarqandlik o'quvchi tomonidan o'z maktabida tashkil etilgan loyiha Britaniyalik ekspertlar tomonidan yuqori baholandi

    Keyingi avlod 18 Aprel 2024 1042

    2023-yil yanvar oyida O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'lim sohasida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida maktablar haqiqiy ma'rifat o'chog'i bolishi, uyushmagan yoshlarni birlashtirishi, ilmga chanqoq o'quvchilarga imkoniyat yaratib berishi kerakligi ta'kidlangandi.

    Mana shunday imkoniyatlardan keng foydalanayotgan Samarqandlik yoshlar o'znining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, uyushmagan yoshlarni maktab ichidagi to'garaklarga jalb qilish uchun ko'plab loyihalarni boshlab yoborgan.

    2024-yilning aprel oyida Samarqandlik 14 yoshli o'quvchi Maxmud Xamrayev tomonidan tashkil etilgan ProjectX ning taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda jumladan nufuzli xalqaro tashkilotning vakillari, jumladan British Council (Britaniya Kengashi) xalqaro tashkilotning Yevropa va Osiyo bo'yicha Mintaqaviy Direktori Alison Sripharam qatnashdi, va mazkur istiqbolli loyihaga yuqori baho berdi. Samarqand shahar 33-maktab 8-sinf o'quvchisi tomindan asos solingan ProjectX loyihasi, maktab o'quvchilarning bo'sh vaqtlarida, maktabda foydalanilmayatgan sinfxonalarda turli xil Book Club, Spaking Club va Debate Clublar, shuningdek taniqli shaxslar ishtirokida masterklass va treninglar o'tkazishni maqsad qilib qo'ygan.

    British Council xalqaro tashkilotning Yevropa va Osiyo bo'yicha Mintaqaviy Direktori Alison Sripharam
    "Mening juda ham ko'plab tengdoshlarim o'z vaqtini kompyuter oyinlari va televizor tomosha qilib o'tkazayotgan bir paytda men hozirda va keyinchalik yoz oylarida ham qiziqarli ham foydali mashgu'ulotlarni tashkil etishni rejalashtirganman. Bunda mening uztozim Muxammadxon Soliyev menga har tomonlama yordam berib kelayapti" deydi Maxmud Xamrayev.

    Xalqaro ekspert Muxammadxon Soliyev aytishicha, mazkur turdagi loyiha va klublar allaqachon rivojlangan mamlakatlarda joylashgan maktablar uchun tabiiy hol ekanligi, va bizning maktablarda ham shunga o'xshagan ilmiy hamda turli qiziqishlar bo'yicha tashkil etilayotgan klublar so'nggi yillarda davlatimiz tomonidan ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibor, xalqaro standartlarni joriy etish harakatlarining mahsuli hisoblanadi.

    Ma'lumot uchun loyiha tashabbuskori 13 yoshidayoq IELTS xalqaro imtihonidan 7.5 ballni qo'lga kiritgan, va kelajakda nufuzli oliy o'quv yurtlariga muddatidan oldin kirishni rejalashtirayapti.