18-avgustdan boshlab abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berishlari mumkin.

Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib hamda mavjud oʻrinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Amaldagi reglamentga koʻra, avvalo imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan soʻng qolgan oʻrinlar umumiy roʻyxatdagi talabalar oʻrtasida navbat asosida taqsimlanadi.

Bunda 1-kurs talabalari uchun talabalar turar joylaridagi oʻrinlarning 55–65 foizigacha ajratiladi.