Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 kishi yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, «Yevro-5» va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (
Brutto-shartnoma asosida tashkil etilgan muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida tushumlar to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2026 yil 1 sentabrdan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi;
— yo‘lovchi tomonidan yo‘l kira haqi avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi terminallari (validatorlar) bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:
- transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
- bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish (
NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamiда to‘lash); - ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash.
— yo‘l kira haqi mazkur bandda nazarda tutilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda (tasdiqlanmaganda), yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritiladi:
Xususan, shahar chetidan 5 kmgacha yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharlardaning transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejalariga muvofiq ko‘pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham endilikda shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi;
Transport vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yilning 1 sentabriga qadar poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temir yo‘l qatnovlarida yo‘l kira haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimini, shu jumladan, «elektropoezd-avtobus» va «elektropoezd-metro» jozibador tarif rejalarini joriy qiladi.