Tadbir davomida Shahrisabz shahrida istiqomat qiluvchi, 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining yashash xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilganligi aniqlandi.

Issiqxona ko‘zdan kechirilganda esa kelgusida sotish maqsadida 714 tup kannabis o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklarning sof og‘irligi 201 kg. ni tashkil etadi. 

Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan fuqaro poytaxtimizning Yunusobod tumani hududida harakatlanayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatilib tekshirildi.

Natijada, uning qo‘lidagi syellofan paket ichida 1 kg 994 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan ushbu ajal og‘usini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha narkosavdogarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.