Mamlakatimiz yetakchisi Ammon shahrida Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan sermahsul muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirokidagi biznes forumiga tashrif buyurdi.
Sammit doirasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan jami 19 ta hujjat imzolandi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston yetakchisi va rafiqasini Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn kuzatib qo‘ydi.
Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.